Prezident Xonobod shahrida obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
02.06.2017
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xonoboddagi "Xonobod" sanatoriyasini borib ko‘rdi. Ushbu dam olish zonasi tog‘ yon bag‘rida joylashgan.
Davlatimiz rahbari sanatoriya hududini obodonlashtirish, qurilish ishlarini oxiriga yetkazib, oromgohni kelgusi yili Navro‘z bayramiga foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Sanatoriy hududini Andijon shahri va tumanlarga ajratib berish, viloyat aholisi dam olishi uchun zamonaviy sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi.
Xonobodni har tomonlama rivojlantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.