icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentlar Abay merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdilar

22.12.2022

Bugun Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma doirasidagi ekspozitsiya bilan tanishdilar.

Abay qozoq xalqining asriy orzularini, adolat,  insonparvarlik va qardoshlik g‘oyalarini tarannum etgan. Uning she’riy asarlari va noyob “Nasihatlar” kitobiga jamlangan hikmatli so‘zlarini o‘qib, XIX asr oxirlarida qozoq dashtlaridagi turmush haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

Davlat rahbarlari Qozog‘iston muzeylaridan keltirilgan noyob eksponatlar, jumladan, Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodiga oid tarixiy ashyolar, fotosuratlar, kitoblar bilan tanishdilar.

Abayning uch torli do‘mbirasi, Qo‘nonboyning do‘ppisi, qo‘lyozmalari, adib va uning oilasi tasvirlangan fotosuratlar tomoshabinlarda qiziqish uyg‘otdi.

Prezidentlar ko‘rgazma bilan tanishib, mamlakatlarimiz madaniy hayotidagi ushbu muhim tadbirni tayyorlashga hissa qo‘shganlarga minnatdorlik bildirdilar. Bunday tadbirlar do‘stlik rishtlarimizni mustahkamlashga xizmat qilib, o‘zbek xalqida qardosh qozoq xalqining tarixiga qiziqish g‘oyat balandligidan dalolat berishi ta’kidlandi.

Ta’kidlash joiz, shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab Abay Qo‘nonboyev merosiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlar o‘tmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo