icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

16.12.2022

14-dekabr kuni BMT Bosh assambleyasi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.

Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilda BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Rezolyutsiyada COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslikni ta’minlagan holda keng ko‘lamli, barqaror va izchil tiklanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamjihatlik, birdamlik va har tomonlama hamkorlikka sodiqlikni mustahkamlashda parlamentlarning muhim o‘rni qayd etiladi.

Bosh assambleya davlatlarni parlamentlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularni BRMga erishish bo‘yicha kelgusi faoliyat va ularning erishilishini kuzatish jarayonlariga, ayniqsa, ixtiyoriy milliy ma’ruzalarni tayyorlashga jalb qilish, shuningdek, milliy mas’uliyat va hisobdorlikni ta’minlash va kuchaytirish uchun ularga yordam berishga chaqiradi.

Xotin-qizlarning qonun chiqaruvchi organlar ishida va parlament jarayonlarida to‘liq, teng huquqli va ta’sirchan ishtirokiga ko‘maklashish orqali BRMga erishishni jadallashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning markaziy omili sifatida gender tenglikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

2030-yilga qadar bo‘lgan davrdagi kun tartibining muvaffaqiyatli amalga oshirilishida yoshlarning o‘rni va hissasi muhimligi, yoshlarning parlament jarayonlarida to‘liq, teng huquqli va ta’sirchan ishtirokini ta’minlash zarurligi e’tirof etilgan.

Dunyoning barcha qit’alaridagi 80 ta davlat, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Avstriya, Bangladesh, Bahrayn, Belgiya, Germaniya, Jazoir, Ispaniya, Indoneziya, Italiya, Kolumbiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Niderlandiya, Norvegiya, Pokiston, Portugaliya, Rossiya, Singapur, Finlyandiya, Fransiya, XXR, Shvetsiya, Yaponiya, Qatar va boshqalar hujjatning hammualliflari bo‘ldi.

BMT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyani olqishladilar. Rezolyutsiya parlamentlar uchun o‘ziga xos dasturilamal bo‘lishi, BRMni jadal amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini faollashtirishi qayd etilmoqda.

Parlamentlararo ittifoq ushbu hujjatni 2023-yil sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasi 78-sessiyasining Oliy darajadagi haftasi doirasida bo‘lib o‘tadigan BRM sammitiga tayyorgarlik yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo