O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O'zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida

12.12.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-iyulda qabul qilingan PF–3781-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashining 2022-yilgi Davlat mukofotlari bo‘yicha taklifiga asosan mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san’atini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun:

 

Birinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:

fan va texnika sohasida:

Sanakulov Kuvandik, Snitka Nikolay Pavlovich, Usmanov Rustamjon, Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, Mustakimov Otabek Mannabiyevichga – “Texnologik va ishlanishi murakkab bo‘lgan oltin tarkibli ma’danlarni qayta ishlash va o‘zlashtirishning kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlanmasi uchun;

adabiyot sohasida:

Karimov Naim Fatixovichga – “Abdulla Qodiriy zamondoshlari” asari uchun;

san’at va me’morchilik sohasida:

Alikulov Alisher Maxmudovichga – Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi hamda Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyida ishlangan mahobatli rangtasvir asarlari uchun.

 

Ikkinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:

fan va texnika sohasida:

Kvint Vladimir Lvovichga – “Amir Temurning strategik yetakchiligi: “Tuzuklar”ga izohlar” ilmiy monografiyasi uchun; 

san’at va me’morchilik sohasida (san’at va me’morchilik sohasida ko‘zda tutilgan 1 ta ikkinchi darajali Davlat mukofoti o‘rniga 2022 yil uchun istisno tariqasida 2 ta ikkinchi darajali Davlat mukofoti berilishi belgilansin):

Mirtadjiyev Djalalitdin Tursunovichga (marhum) – mustaqillik yillarida O‘zbekistonda va bir qator xorijiy mamlakatlarda ishlangan haykaltaroshlik asarlari uchun;  

Muxammeddinov Najimaddinga – “Gulla-yashna, O‘zbekistonim!” simfonik poemasi, “Ayjamal” baleti va “Guloyim” operasiga yozilgan musiqiy kompozitsiyalari uchun.

 

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti                               Sh.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Infografika
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya
Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: