29.05.2017
2017-yilning 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Minya viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari Misr Prezidentiga, birodar Misr xalqiga, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildirdi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi.