O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O'zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Yevropa kengashi Prezidenti O‘zbekistonda

28.10.2022

Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel 27-oktabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi. 

Bugun, 28-oktabr kuni tongda oliy martabali mehmon “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. 

«Ko‘ksaroy» qarorgohida Sharl Mishelni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Ular birgalikda suratga tushdi.

So‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Tor doiradagi uchrashuvda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Mamlakatimizdagi demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarni, eng avvalo, innovatsiyalar, "yashil" iqtisodiyot, raqamlashtirish sohalarida amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi birgalikdagi ishlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tomonidan "Markaziy Osiyo - YI" formatidagi sammitda ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash masalasi kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Infografika
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya
Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: