O‘zbekiston Prezidenti MDHning norasmiy sammitiga jo‘nab ketdi
07.10.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 7-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.
Sammitda yetakchilar ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar.