icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidentini yubiley bilan samimiy qutladi

05.10.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini 70 yillik yubileyi bilan chin dildan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Tojikiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Prezident Emomali Rahmonning zamonaviy Tojikistonni barpo etish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugungi yuksak darajaga erishishdagi o‘rni alohida qayd etildi.

Suhbat chog‘ida ilgari erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa muhim yo‘nalishlardagi ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga xizmat qiladigan Qo‘shma investitsiya fondi o‘z faoliyatini boshlagani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Faol hududlararo muloqotlarni yanada kengaytirish, mamlakatlarimizda qo‘shma ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarini o‘tkazish muhim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak ko‘p tomonlama uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo