O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O'zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

04.10.2022

Budapesht shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston Respublikasi va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar.

Hujjatda muzokaralar do‘stona, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgani qayd etilgan, har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirish ko‘zda tutilgan, diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lgani ta’kidlangan.

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan 14 ta hujjat imzolandi.

2023-2024 yillarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dastur, Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasi, Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha harakatlar rejasi, Jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim shular jumlasidan.

Shuningdek, bojxona, adliya, atrof-muhitni muhofaza qilish, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi, uzumchilik, investitsiya sohalarida, O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi akademiyasi va Vengriya Davlat xizmati universiteti, Samarqand viloyati va Xaydu-Bixar okrugi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi va Tashqi ishlar va savdo instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Infografika
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya
Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: