icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Arxitektura institutlari faoliyati takomillashtiriladi

27.09.2022

27-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami oshdi, qurilishda murakkab texnologik yechimlar qo‘llanmoqda. Lekin soha bo‘yicha ta’lim va ilm bundan ancha ortda qolmoqda. Institutlardagi o‘quv dasturlari eskirgan. O‘qitiladigan fanlar soni chet eldagidan ham ko‘p, sifati unday emas. Ta’lim jarayoniga amaliyotchi mutaxassislar yetarli darajada jalb etilmagan. Zamonaviy fikrlaydigan injener-konstruktorlar yetishmayapti.

Shu yil 6-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari bu masalaga alohida to‘xtalib, sohadagi oliy ta’lim muassasalarini transformatsiya qilish zarurligini aytgan edi.

Taqdimotda Toshkent hamda Samarqanddagi arxitektura institutlarining o‘quv dasturlarini isloh qilib, ta’lim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Mutasaddilar mazkur institutlarning o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, yangi fakultetlar tashkil etish, ta’lim va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirish, ilmiy faoliyatni takomillashtirish rejalarini bayon qildi.

Prezident bu takliflarni ma’qullab, ustuvor vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi. Avvalo, bakalavr yo‘nalishlari sonini qayta ko‘rib chiqib, fanlarni zamonaviy shaharsozlik va texnologiyalarga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi. O‘qituvchilar uchun malaka talablari va bitiruvchilarning kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Institutlarga xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, mahalliy professor-o‘qituvchilarni chet elga ilmiy stajirovkaga yuborish muhimligi qayd etildi. Bu borada Toshkent arxitektura-qurilish instituti Istanbul texnika universiteti bilan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yildiz texnika universiteti bilan ta’lim hamkorligini yo‘lga qo‘yadi.

Ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida har bir kafedraga ishlab chiqaruvchi korxonalarni biriktirish, institutlar huzurida texnopark va inkubatsiya markazi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Ularda energiya tejamkor qurilish materiallari yaratish, yetakchi kompaniyalar bilan mahorat darslari va amaliy treninglar o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ilg‘or muhandislik bilimlari asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydigan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etilishi belgilandi.

Institutlar huzuridagi akademik litseylarni ham takomillashtirib, A-level darajasidagi o‘quv dasturi va metodikasini joriy etish zarurligi qayd etildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo