icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi vazifalar ijrosini muhokama qildilar

15.09.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni faxriy mehmon sifatida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni qadim Samarqandga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston qadriyatlari va ma’naviy-madaniy merosi mushtarak bo‘lgan birodar ozarbayjon xalqi bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Ozarbayjon yetakchisi, o‘z navbatida, davlatimiz rahbariga taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, strategik sheriklik munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqanini qayd etdi.

Joriy yil strategik sheriklikni mustahkamlashda tarixiy davr bo‘lgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Shu yilda o‘tgan Ozarbayjon Prezidenti davlat tashrifining yakunlari barcha darajalarda muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi va amaliy hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishladi.

Parlamentlararo hamkorlik rivojlanayotgani, savdo hajmi oshayotgani, energetika, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, paxtachilik va ipakchilikda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani yuqori baholandi.

Prezidentlar madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini ko‘rsatib o‘tdilar. Avgust oyi oxirida ikki mamlakat madaniyat va fan arboblari O‘zbekiston va Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning asosiy vazifalari batafsil ko‘rib chiqildi va bu boradagi kelgusi vazifalar belgilab olindi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo