Eron Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi
14.09.2022
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14-sentabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Samarqand aeroportida uni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy darajadagi O‘zbekiston – Eron muzokaralari bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini ko‘rib chiqadi. Muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolanadi.
Ibrohim Raisiy Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashinining majlisida ham ishtirok etadi.