icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Parlamentlararo ittifoq bilan samarali hamkorlikning muhim natijalarini qayd etdi

08.09.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-sentabr kuni Parlamentlararo ittifoq delegatsiyasi - ushbu nufuzli tuzilma raisi Duarte Pacheko va bosh kotibi Martin Chungongni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan sermahsul hamkorligi jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shu kunlarda Toshkent shahrida jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Uning kun tartibidan demokratik va ijtimoiy iqtisodiy yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlashning samarali institutlarini rivojlantirish, gender siyosatni amalga oshirishga doir global va mintaqaviy ahamiyatga ega muhim masalalar o‘rin olgan.

Bundan tashqari, ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan birgalikda qator muhim loyihalar amalga oshirildi, Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha parlament forumi va boshqa tadbirlar o‘tkazildi.

Parlamentlararo ittifoqning yuqori darajali vakillari O‘zbekiston yetakchisiga qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda ko‘rsatayotgan har tomonlama ko‘mak uchun minnatdorlik bildirib, Yangi O‘zbekistondagi yangilanishlar va islohotlar dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

Uchrashuvda barqaror rivojlanish, demokratik qadriyatlarni ilgari surish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohalaridagi maqsad va vazifalarga erishish, ittifoqning Innovatsiyalar markazi bilan hamkorlik qilish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo