icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan faol parlamentlararo hamkorlikning muhim ahamiyatini qayd etdi

08.09.2022

8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentlar ayol rahbarlarining xalqaro sammitida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Raisining o‘rinbosari Galina Karelovani qabul qildi.

Rossiya parlamenti rahbarining o‘rinbosari O‘zbekiston yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida keyingi yillarda yuksak darajaga erishilganini, ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga ikki mamlakat parlamentlarining yaqin va samarali aloqalari faol hissa qo‘shmoqda.

Bunday sermahsul muloqotlarni, shu jumladan ko‘p tomonlama tuzilmalar - Parlamentlararo ittifoq va MDH Parlamentlararo assambleyasi doirasida davom ettirish muhimligi qayd etildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo