31.08.2022
Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar yetakchilari, nufuzli siyosatchilar, taniqli jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan qutlov va telegrammalar kelmoqda.
Maktublarda mamlakatimiz tomonidan mustaqillik yillarida erishilgan yuksak yutuqlar hamda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning keng e’tirofga sazovor bo‘lgan ulkan natijalari alohida qayd etilgan. Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida olib borilayotgan strategik siyosat to‘liq qo‘llab-quvvatlangan.
Xorijiy yetakchilar va hamkorlar amalga oshirilayotgan konstruktiv va proaktiv tashqi siyosat o‘z samaralarini berayotganini ta’kidlab, davlatimiz rahbarining global va mintaqaviy xavfsizlik, barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlik va amaliy sheriklikni kengaytirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini yuqori baholagan.
Tabriknomalarda O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish;
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden;
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Yaponiya Imperatori Naruxito;
Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol;
Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu;
Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta II;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;
Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Matamela Siril Ramafosa;
Avstraliya Ittifoqi General-gubernatori Devid Xyorli;
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo;
Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev;
Vengriya Prezidenti Katalin Novak;
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban;
Rim-katolik cherkovi rahbari Fransisk;
Ispaniya Qiroli Filipp VI;
Polsha Respublikasi Prezidenti Andjey Duda;
Slovakiya Respublikasi Prezidenti Zuzana Chaputova;
Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Inyatsio Kassis;
Chernogoriya Prezidenti Milo Jukanovich;
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos;
Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Ranil Vikremesingxe;
Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.