
O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga tashrifi boshlandi
17.08.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrining birinchi manzili - muqaddas Madina shahriga keldi.
Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri – Masjidun Nabaviyga yo‘l oldi.