icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Saudiya Arabistonida bo‘ladi

15.08.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 17-18-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Jidda shahrida oliy darajadagi O‘zbekiston-Saudiya sammitining asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. 

Muzokaralar kun tartibidan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, moliya sohalarida va madaniy-gumanitar yo‘nalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Alohida e’tibor “yashil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, tibbiyot, kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga qaratiladi.

Sammit yakunida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif dasturida Saudiyaning yetakchi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashuvlar ham ko‘zda tutilgan.

Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi chog‘ida davlatimiz rahbari barcha musulmonlar uchun muqaddas Makka va Madina shaharlarini ziyorat qilishi kutilmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo