icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning ahamiyatini qayd etdi

02.08.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni poytaxtimizdagi O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya vazirlarining birinchi ko‘p tomonlama uchrashuvi tadbirlarida ishtirok etayotgan Ozarbayjon delegatsiyasini qabul qildi.

Ozarbayjon tomonidan tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov, iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov hamda raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev qatnashdi.

Birodar davlatlarimiz yetakchilarining kelishuvlariga muvofiq O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Tomonlar yaqinda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvdan so‘ng sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan oyda neft-gaz va kimyo tarmoqlarida, ipakchilik va qishloq xo‘jaligining boshqa sohalarida, shuningdek, milliy industriallashtirish dasturlari doirasidagi loyihalarni ilgari surish uchun delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari faol davom ettirildi.

Kuni kecha Toshkent shahrida ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Bugun esa uchchala mamlakatning tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uchrashuvida, eng avvalo, mintaqada samarali transport kommunikatsiyalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari o‘zaro manfaatli hamkorlikka doir loyiha va dasturlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirish, shu jumladan O‘zbekiston-Ozarbayjon investitsiya fondini tashkil etish, ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish, birinchi Hududlar forumi va sanoat ko‘rgazmasini o‘tkazish, erkin iqtisodiy zonalar negizida kooperatsiya uchun sharoitlar yaratish muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Joriy yil noyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo