icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama va mantaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar

24.07.2022

24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar.

Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi Prezidentimizni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat hamda O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi davlatchilik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, Vladimir Putin kuni kecha Shavkat Mirziyoyevni do‘stlik va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzolangani haqida xabar berdi. Davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentiga O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho bergani va ularni yanada mustahkamlash masalalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi. Hukumatlararo darajada yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik mexanizmlari doirasida, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikning yuqori sur’atini ta’minlash va ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida birgalikdagi faol ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari hududlar o‘rtasidagi samarali aloqalar va almashinuvlarni ham mamnuniyat bilan qayd etib, ularni yanada kengaytirish lozimligini ta’kidladilar.

Mintaqaviy kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil sentabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo