O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilari samimiy muloqot qildi
20.07.2022
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti oldidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari birgalikda «Nomad» madaniyat markaziga bordilar. Hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi. So‘ng ko‘chmanchilar o‘yinlari namoyish etildi.
Markaziy Osiyo xalqlari kuy-qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturida ellarimiz birligi, madaniy yaqinligi namoyon bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart
© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan
Prezident
Voqealar
Administratsiya
Mediateka