Turkmaniston Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi
14.07.2022
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakatimizga davlat tashrifining birinchi kuni yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.
Ushbu ezgu an’ana yaqin yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni va strategik sheriklikni kengaytirish uchun poydevor bo‘ladigan oliy darajadagi muzokaralarning sermahsul natijalarini mustahkamlaydi.
Turkmaniston rahbari tomonidan ekilgan daraxt xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari buzilmas ekanining ramzlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.