icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekistonda islohotlar dasturi samaradorligini yanada oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

04.07.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Uchrashuvda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va natijadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Maslahatchi Chakrabarti O‘zbekiston yetakchisi rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini, shu jumladan iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini transformatsiya qilish va raqamlashtirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kadrlarning yangi avlodini tayyorlash borasidagi o‘zgarishlarni yuksak baholadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga O‘zbekistonda boshlangan hamda demokratik prinsiplar va huquqiy normalarga to‘la mos holda, konstitutsiyaviy qurilishning ilg‘or milliy va xalqaro tajribasi asosida amalga oshirilayotgan Konstitutsiya islohoti xizmat qilishi ta’kidlandi.  

Suma Chakrabarti bundan buyon ham yangi o‘sish nuqtalarini topish va ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Hukumatiga ko‘maklashishga bor sa’y-harakatini yo‘naltirishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Suma Chakrabarti O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi etib tayinlanishidan avval sakkiz yil davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo