icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Munosabatlarning shonli tarixi bugungi hamkorlik uchun mustahkam poydevor

22.06.2022

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Xiva shahriga tashrif buyurdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida davlatimiz rahbari o‘zbek va ozarbayjon xalqlari munosabatlarining shonli tarixi bugungi ko‘p qirrali hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratganini ta’kidlagan edi.

Haqiqatan ham, qardosh xalqlarimiz azaldan bordi-keldi qilib, bir-birining madaniyatini boyitgan. 2500 yildan ziyod tarixga ega Xiva bunda muhim o‘rin tutgan.

Shu jihatdan, O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining bu qadimiy shaharga tashrifi katta ma’noga ega.

Ichan qal’a nodir shahar-yodgorlik sifatida diqqatga sazavor. Bu yerda 120 dan ziyod me’moriy obidalar bor. Shu bois Xiva shahri 1990-yil 12-dekabrda YUNЕSKO Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.

Davlat rahbarlari Ota darvozadan kirib, Ko‘k minora, Ko‘hna ark saroyi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi, Tosh hovlini tomosha qildi, Allomalar muzeyi bilan tanishdi.

 Xorazmcha qo‘shiq va raqslar ijrosi mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Prezidentlar Ichan qal’a yaqinidagi Nurillaboy saroyini ham borib ko‘rdi.

Bu majmuani 1884-yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz qurdirgan. Keyinchalik qo‘shimcha binolar ham barpo etilib, beshta hovlidan tashkil topgan. Saroyda ham sharqona, ham yevropacha uslubdagi arxitektura ajoyib tarzda uyg‘unlashgan. Yana bir e’tiborli jihati, XX asr boshlarida ko‘pgina siyosiy jarayonlar aynan shu saroyda kechgan.

Xivaning davlatchilik va ilm-fan rivojida tutgan o‘rni, qadimiy obidalari va san’ati ozarbayjonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo