icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Ozarbayjonlik mehmonlar O‘zbekiston mahsulotlari bilan tanishdi

21.06.2022

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev davlatimiz rahbari hamrohligida Toshkent shahridagi Texnopark faoliyati bilan tanishdi.

Bugun Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yurtimizdagi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar buning uchun qulay maydon.

Poytaxtimizdagi Texnoparkda umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta loyiha yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda shundan 13 tasi ishga tushgan bo‘lib, elektron gaz hisoblagich, muzlatgich, sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari, lift va eskalatorlar, suv nasoslari, eshik va deraza romlari uchun aksessuarlar yasalmoqda. Bu tovarlar xorijiy brendlar nazorati ostida tayyorlanishi bois mintaqa bozorlaridan o‘rin egallamoqda.

Bu yil izolyatsiya mahsulotlari, suv isitish uskunalari, oshxona texnikasi korxonalari hamda logistika markazi foydalanishga topshiriladi.

Ozarbayjon Prezidenti va mehmonlarga bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning afzalliklari haqida so‘zlab berildi.

Davlat rahbarlari sanoat sohasi mutasaddilariga birgalikda ishlab, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasi va savdoni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo