 
        
        
            
        
    
        
                            Prezident Farg‘onaga ketdi                        
                    12.05.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida 12-may kuni Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
Safar davomida borilishi rejalashtirilgan joylar ko‘p va xilma-xil. Jumladan, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, to‘qimachilik tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish mo‘ljallangan.

 
                                 
                                 
                             
                             
                            
