03.05.2022
Muqaddas Ramazon hayiti – Iyd ul-Fitr munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga jahonning turli mamlakatlari davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan qutlovlar kelmoqda.
Tabriknomalarda O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmat-ehtirom izhor qilingan. Ushbu qutlug‘ va fayzli kunlarda xorijiy yetakchi va hamkorlar bizga tinchlik, baxt-saodat, farovonlik va ravnaq tilab, do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qat’iy intilish bidirgan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud,
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an,
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy,
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,
Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon,
Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said,
Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Al Xalifa,
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II,
Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo,
Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Duterte,
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub,
Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad,
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud,
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum,
Quvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,
Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun,
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
Turkiy tilli davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev,
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy,
Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad at-Tayyib,
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.