icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

03.05.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Ichki ishlar vazirligining Situatsion-tahliliy markazida bo‘ldi.

Bu majmua ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini axborot texnologiyalari asosida boshqarishga ixtisoslashgan. Zamonaviy bino qurilib, 554 terrabayt xotiraga ega 18 ta server, katta hajmli kuzatuv ekrani, kompyuterlar bilan jihozlangan.

Markazda «102» tizimi, videokuzatuv kameralari, internet va boshqa manbalardan kelib tushayotgan ma’lumotlar avtomatlashgan tarzda yig‘iladi va qayta ishlanadi. Qoidabuzarlik avtotransportning davlat raqami yoki shaxsning yuz qiyofasi orqali tezkor aniqlanib, qidiruv tashkil etiladi. Bu tizim sun’iy intellekt yordamida ishlaydi va inson omili minimal darajada. Bular orqali markaz butun mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Prezidentimiz markazdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, ish tizimi bilan tanishdi. Bu yerda barcha huquq-tartibot idoralari va shoshilinch xizmatlar ma’lumotlarini integratsiya qilish zarurligini ta’kidladi.

- Bu katta ish. Lekin qamrov va tezkorlikni oshirish kerak. Odamlar qachon o‘zini xavfsiz, erkin sezadi? Qachon turist ko‘payadi? Jinoyatchilik yo‘q bo‘lsa, xavfsizligiga ishonsa, ko‘chada tartibdan tozalikkacha - hammasi ta’minlangan bo‘lsa. Buning uchun barcha huquq-tartibot idoralari ma’lumotlarini bir mushtdek integratsiya qilish kerak. Bu integratsiya kirib borgan har bir tarmoq xodimlarining dunyoqarashini o‘zgartirish zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Axborot texnologiyalari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida bu tizim uchun kadrlar tayyorlash, tuman va shahar ichki ishlar bo‘limlarida zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaydigan tahlilchilar faoliyatini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Ichki ishlar tizimida “inson omilini istisno etuvchi” elektron navbat, masofadan murojaat kabi onlayn xizmatlarni keng joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Mahallalarda ijtimoiy muammolarni tahlil qilish, profilaktika inspektorlarining kunlik ish faoliyatini rejalashtirish va monitoring qilish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berildi.

Shu yerda Samarqand viloyatida “Xavfsiz turizm” dasturi doirasida yo‘lga qo‘yilgan tizim namoyish qilindi.

Davlat rahbari ichki ishlar tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnika va yangi xizmat kiyimi namunalarini ham ko‘zdan kechirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo