icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Butunxitoy xalq vakillari kengashi delegatsiyasini qabul qildi

18.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, bosh kotibi Van Chen rahbarligidagi Butunxitoy xalq vakillari kengashi delegatsiyasini qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi. 

Suhbat chog‘ida Prezidentimizning yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, chunonchi, savdo, investitsiya va madaniy aloqalarni jadallashtirish, shuningdek, birodarlashgan qadimiy Samarqand va Sian, Buxoro va Loyan shaharlari o‘rtasida sayyohlar almashishga alohida e’tibor qaratildi. 

Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, bosh kotibi Van Chen 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy islohotlarni yuqori baholadi. 

Van Chen Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan aniq dastur va loyihalarni ilgari surish maqsadida ikki mamlakat parlamentlariaro keng ko‘lamli hamkorlikka Xitoy tomonining manfaatdorligi va tayyorligini ta’kidladi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo