icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalarga alohida e’tibor qaratdi

17.05.2017

Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Guliston shahridagi “Sirdaryo Best Fashion” korxonasida bo‘ldi. 

Joriy yil mart oyida foydalanishga topshirilgan mazkur korxonada 500 ga yaqin odam ish bilan ta’minlangan. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari to‘liq eksport qilinmoqda. 

Davlatimiz rahbari korxona faoliyati bilan tanishdi. 

Zamonaviy va energiyatejamkor texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxona bugun nafaqat viloyatda, balki mamlakatimiz miyosida ham o‘z o‘rniga ega. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga 2017-2018-yillarda viloyatda yengil sanoat sohasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur haqida ma’lumot berildi. Dasturda bolalar sport kiyimlari, trikotaj va momiq matolar, tayyor gazlama, ip-kalava ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 

Korxonalar 72 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, ularda 3 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 

Shavkat Mirziyoyevga viloyatda tashkil etilayotgan farmatsevtika va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar loyihalari haqida ham so‘zlab berildi. 

Yangi tashkil etiladigan korxonalarda ishlab chiqariladigan farmatsevtika va tibbiyot buyumlari import qilinayotgan mahsulotlar o‘rnini bosadi. 

Shavkat Mirziyoyev yaratiladigan ish o‘rinlariga kollej bitiruvchilarini keng jalb qilish kerakligini alohida qayd etdi. 

Abu Bakir O‘rozov, O‘zA
logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo