Prezident Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
23.02.2022
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 23-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Bu gal yangiliklar, o‘ziga xos jihatlar ko‘p. Xususan, birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Mo‘ynoqqa keladi. Tashrif ham, avvalgilardan farqli ravishda, uch kun bo‘ladi.
Yana bir yangilik - Orolbo‘yi hududini birgalikda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston tumanlari bittadan viloyatga biriktirilgan. Shu bois bu yerga Toshkent shahri va viloyat hokimlari ham kelgan. Ular o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazadi.