14.05.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasiga tashrif buyurdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi davomida ushbu mamlakatning yetakchi korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi.
Prezidentimiz Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan yuqori texnologik mahsulotlarga jahon bozorida talab yuqori.
Korporatsiya raisi Gau Xun Vey Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlar turi, turli davlatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari haqida so‘zlab berdi.