icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida

17.02.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida:

1. 2022-yil 1-apreldan boshlab mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 440 000 so‘mdan 622 000 so‘mgacha oshirilsin.

2. Belgilansinki, 2022-yil 1-apreldan boshlab:

a) o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning (keyingi o‘rinlarda – o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar) parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (keyingi o‘rinlarda – parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi.

Bunda parvarishlash nafaqasini to‘lash va yetkazib berish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

b) parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

3. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A.K.Inakov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.A.Musayev) bilan birgalikda quyidagi ma’lumotlarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda taqdim etib bорishni ta’minlasin:

2022-yil 1-apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

2022-yil 1-oktabrdan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning qonuniy vakillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni.

4. Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A.K.Inakov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.A.Musayev) bilan birgalikda 2022-yilning oktabr oyidan boshlab 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to‘lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlash tizimini joriy etsin.

5. Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov):

ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining qo‘shimcha daromadlari hamda jamg‘armaga respublika byudjetidan ajratilishi ko‘zda tutilgan transfertlar hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin;

kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarida mazkur Farmonning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish
va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Moliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va bundan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.

7. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K.Inakov belgilansin.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                        Sh.MIRZIYOEV

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo