10.02.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriO‘zining betakror iste’dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir xalqimizning mashhur farzandlaridan biridir. Uning ezgu insoniy fazilatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat, kelajakka yuksak ishonch tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan yetuk badiiy asarlarining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyatini hisobga olib hamda shoir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda jamoatchilik vakillarining 2022 yilda Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy qo‘mita) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qo‘mita (A.N.Aripov) bir oy muddatda Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi dasturni, uni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini mamlakatimizda adabiyot va san’at bayrami sifatida keng nishonlash;
Usmon Nosirning hayoti va faoliyatini, xususan, uning qatag‘on davrida kechgan yillarini o‘rganish, hozirga qadar noma’lum bo‘lib kelayotgan qo‘lyozma asarlarining taqdiri haqida ma’lumotlar to‘plash maqsadida tarixchi olimlar va ijodkorlardan iborat ishchi gyruhi tuzish hamda uning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi tegishli arxiv materiallari bilan tanishishi uchun sharoit yaratish;
Namangan shahrida Usmon Nosir ҳайкалини o‘rnatish;
Toshkent va Namangan shaharlaridagi ko‘chalarga Usmon Nosir номини berish;
Usmon Nosirning “Tanlangan asarlar” to‘plami hamda “Usmon Nosir zamondoshlari xotirasida” kitobini nashr etish;
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojida Usmon Nosir ijodiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish;
Usmon Nosirning hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film suratga olish, spektakllar sahnalashtirish, musiqa asarlari va qo‘shiqlar, Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo‘ljallangan audiovizual asarlar yaratish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida turkum materiallar e’lon qilish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Unutmas meni bog‘im” mavzuida insholar танловини o‘tkazish;
mamlakatimizdagi ta’lim tashkilotlari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida Usmon Nosir ijodiga bag‘ishlangan uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda kitobxonlik кечаларини tashkil etish;
2022 yil noyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy xotira кечасини o‘tkazish.
4. Tashkiliy qo‘mita (A.N.Aripov)ga Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish, mazkur qaror va chora-tadbirlar dasturining o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Tashqi ishlar vazirligi (A.H.Kamilov):
Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi va “Shahidlar xotirasi” jamg‘armasi bilan birgalikda belgilangan tartibda Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida Usmon Nosir xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatish va uning tantanali ochilish marosimini o‘tkazish yuzasidan Rossiya Federatsiyasining tegishli idoralari bilan muzokaralar o‘tkazsin hamda natijasi bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaga taklif kiritsin;
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan shoir xotirasiga hamda o‘zbek adabiyoti va madaniyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlarni Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatidagi o‘zbek diasporasi vakillarini jalb etgan holda o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Davlat byudjeti, Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi, tashkilotchilar mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOEV