Prezident Xitoyga jo‘nab ketdi
04.02.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahriga jo‘nab ketdi.
Bugun davlatimiz rahbari Pekin milliy stadionida bo‘lib o‘tadigan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Tashrif dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.