icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligini nishonlash to‘g‘risida

07.12.2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo‘shgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda shoir tavalludining 80-yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida: 

1. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va jamoatchilik vakillarining O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 

2. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

3. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita o‘n kun muddatda tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligini keng nishonlashga doir tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin, unda: 

O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning o‘zbek tilida “Saylanma” asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan she’riy to‘plamlarini nashrga tayyorlash va chop etish; 

O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish; 

O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov haykalini yaratish va uni belgilangan tartibda o‘rnatish; 

Toshkent shahridagi O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov yashagan uyda yodgorlik lavhasi o‘rnatish; 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Erkin Vohidov ijodining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish; 

mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish; 

respublika teatrlarida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov asarlari asosidagi spektakllarni qayta sahnalashtirish; 

2016-yil dekabr oyining oxirgi o‘n kunligida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy xotira kechasini o‘tkazish tadbirlari nazarda tutilsin. 

4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodi to‘g‘risida turkum ko‘rsatuvlar hamda radioeshittirishlar tayyorlash, matbuotda maqolalar chop etish va yubiley tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin. 

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M.Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin. 


O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti vazifasini bajaruvchi                                                         Sh.Mirziyoyev 


Toshkent shahri, 2016-yil 7-dekabr

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo