O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O'zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

25.11.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Bosh vazir Imron Xonni tavallud kuni bilan chin dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, do‘st Pokiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Suhbat chog‘ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Muloqotlar faollashgani, ikki tomonlama tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘sgani va ishbilarmonlar o‘rtasidagi kooperatsiya kuchaygani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, farmatsevtika va kimyo sanoati, to‘qimachilik va qurilish materiallari tarmoqlari, boshqa sohalardagi investitsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Yetakchilar mintaqada yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Bo‘lajak uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Infografika
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya
Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: