Turkiy kengashning yangi binosi oldida bayroqlar ko‘tarildi
12.11.2021
Istanbul shahrida 12-noyabr kuni Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va qardosh mamlakatlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Tantanali ravishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari ko‘tarildi.
Ushbu kotibiyat tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bundan buyon ham muhim o‘rin tutishiga umid bildirildi.
Turkiy kengash kotibiyati joylashgan bino XIX asr boshida barpo etilgan hamda Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan.