icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yashnobod tumanida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

06.05.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi «Toshkent qog‘ozi» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 3.5 bandida belgilangan vazifalarga muvofiq hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, xalqimizning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 

Davlatimiz rahbari viloyatlar va poytaxtimiz tumanlariga tashrifi chog‘ida bo‘sh yotgan yoki to‘la quvvat bilan ishlamayotgan obyektlarda bo‘lib, ularning negizida yangi sanoat korxonalari, kichik sanoat zonalari tashkil qilish chora-tadbirlarini belgilab bermoqda. Bu mavjud bino va quvvatlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda. 

«Toshkent qog‘ozi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining umumiy yer maydoni 12 gektardan ziyod, bino va inshootlar maydoni 4,5 gektar. Bu yerda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur infratuzilma, tayyor imkoniyat mavjud. 

Prezidentimiz bu yerdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga imtiyozli asosda ijaraga berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. 

Shu yerning o‘zida Yashnobod tumanida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. 

Tijorat banklari ko‘magida tumanda dori va tibbiyot vositalari, maxsus kiyimlar, yog‘ va yem mahsulotlari, travertin va marmar plitalar, sim o‘ramlari ishlab chiqarish, ko‘ngilochar maskanlar, zamonaviy bozor va ekspomarkaz tashkil etish rejalashtirilgan. 

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar bilan tanishib, ularning har biri bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo