icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB kuzatuvchilari missiyasi rahbari bilan uchrashdi

22.10.2021

Shavkat Mirziyoyev 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) mamlakatimizdagi Prezident saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Ouen Merfi bilan uchrashdi.

Byuro Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining yetakchi institutlari biri bo‘lib, uning faoliyati insonning asosiy huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash, demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga ko‘maklashish masalalarini qamrab oladi.

DIIHB mamlakatimizdagi Prezident va parlament saylovlarini kuzatishda 1999-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. 2016-yil dekabr oyida Byuro ilk bor O‘zbekistonga davlat rahbari saylovini kuzatish uchun o‘zining to‘laqonli missiyasini yo‘lladi.

Bu galgi Prezident saylovini kuzatish uchun ham huddi shunday delegatsiya O‘zbekistonga keldi. Ushbu birlashgan xalqaro missiya tarkibiga Byurodan, YeXHT Parlament assambleyasidan va Yevroparlamentdan kuzatuvchilar kirgan.

Uchrashuvda demokratik yangilanishlarni amalga oshirish, saylov qonunchiligi va saylov jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, bo‘lajak muhim siyosiy tadbirni xalqaro norma va standartlarga muvofiq tayyorlash va o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzodning saylovoldi platformasidagi ustuvor yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo