icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident baliqchilik klasteri faoliyati va qishloq xo‘jaligidagi loyihalar bilan tanishdi

21.10.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi "Gold Fish agro" baliqchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

Jizzax viloyatida 220 dan ortiq baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Ularda yil yakuni bilan jami 23 ming tonna baliq yetishtirish mo‘ljallanmoqda.

Bu yil ularning safiga "Gold Fish agro" mas’uliyati cheklangan jamiyati ham qo‘shildi. Qiymati 30 milliard so‘mlik ushbu loyiha uvildiriqlarni tayyorlashdan tortib, baliq yetishtirish, qayta ishlash, yem ishlab chiqarishni qamrab olgan.

Klaster maydoni 43 gektar bo‘lib, shundan 4 gektarida intensiv va yarim intensiv usulda baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Sun’iy hovuzlarda Xitoy texnologiyasi o‘rnatilgan. Bu doimiy suv talab qilmaydi, balki o‘zidagi suvni qayta aylantirib ishlaydi. Hozir har bir sun’iy hovuzda mingtagacha sazan boqilmoqda. 2 gektar maydonni egallagan sun’iy ko‘llarda esa yarim intensiv usulda baliq parvarishlanmoqda.

Umuman, klaster yiliga 500 tonna baliq yetishtirish quvvatiga ega. Shu yerning o‘zida baliqni qayta ishlash sexi, 800 tonna sig‘imli zamonaviy muzlatgichlar ham bor.

Davlatimiz rahbari baliq yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu tajribani ommalashtirib, aholini ham jalb etish zarurligi ta’kidlandi.

- Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikniPrezident baliqchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi

- Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish deyapmiz, har bir xonadonda daromad manbai yaratishni o‘ylayapmiz. Mana tayyor loyiha. Shunday hovuzlarni yetkazib berib, tartib-qoidasini o‘rgatib, uy sharoitida baliq boqishni ko‘paytirish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ishlab chiqaruvchilarni xomashyo va aylanma mablag‘ bilan ta’minlab, sun’iy hovuzlarni ko‘proq tayyorlash va joylarga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda Jizzax viloyatida uzumchilikni rivojlantirishga oid loyihalar taqdimot qilindi.

Hudud tabiati uzumchilik uchun juda qulay. Bundan foydalanib, Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Sharof Rashidov, Zarbdor va Yangiobod tumanlarida 42 ta klaster tashkil qilinib, 50 ming gektar maydonda tokzor va intensiv bog‘lar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov tumanida uzumchilik klasteri tashkil etib, mahsulotni ko‘paytirish, enoturizmni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Aholiga hosildor navlar berib, uzumini sotib olishni yo‘lga qo‘yish orqali besh ming kishining bandligini ta’minlash mumkinligi ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo