icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qadimiy masjidda muzey tashkil etildi

11.10.2021

Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyati qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini borib ko‘rdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi farmoyishiga muvofiq, qatag‘on qurbonlarining xotirasini abadiylashtirish va merosini o‘rganish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda qatag‘on qurbonlari muzeyi tashkil etildi. 

Qashqadaryodagi muzey Odina masjidida joylashtirilgan. Bu chuqur ma’noga ega. Chunki u tarixiy bino.

Odina masjidi 1386-yilda Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan. 1868-yili Chor Rossiyasi bosqini davrida masjidning ayvon qismi to‘pga tutilib, vayron qilingan. Mustabid tuzum davrida dastlab omborxonaga, 1938-yildan qamoqxonaga aylantirilgan.

- Mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, insoniy sha’ni va g‘ururi oyoqosti qilingan. Shunday tabarruk joyning qamoqxonaga aylantirilgani ham bunga misol. Biz bugun mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga alohida e’tibor qaratayapmiz. O‘tganlar hurmatini ham joyiga qo‘yishimiz kerak. Bu yerda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilgani - tarixiy adolatning tiklanishi, - dedi Prezident.

Muzey 11 ta bo‘limdan iborat. Ularda Turkiston o‘lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati va qatag‘onlarni aks ettiruvchi noyob tarixiy fotosuratlar, xaritalar, ashyolar va boshqa manbalar aks ettirilgan.
Shuningdek, muzeyda yoshlar klubi hamda kutubxona tashkil qilingan.

Davlatimiz rahbari shu yerda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifini yakunlab, Buxoroga yo‘l oldi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo