icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Yakkayu yagona najotimiz – ilm

29.09.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi “Yangi avlod” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Ming o‘rinli mazkur umumta’lim maktabi bu yil ilk o‘quvchilarini qabul qildi. Uch qavatli ikkita o‘quv binosida 55 ta sinfxona, 3 ta laboratoriya, fan kabinetlari bor. Ular zamonaviy o‘quv jihozlari va uskunalar bilan ta’minlangan.

Maktab chet tillariga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ingliz, xitoy, arab tillari chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi.

Shuningdek, aniq fanlarni ingliz tilida interfaol tarzda o‘qitish, mental arifmetika, axborot texnologiyalari, robototexnika to‘garaklari tashkil etilgan. Oshxona, ochiq va yopiq sport maydonlari, gimnastika va xoreografiya xonalarida zarur sharoitlar yaratilgan.

Prezident maktab o‘quvchilari bilan suhbatda ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatladi.

– Sizlar eng to‘g‘ri yo‘lni – bilim yo‘lini tanlagansizlar. Hech qachon o‘qishdan, izlanishdan to‘xtamanglar. Vaqt tez o‘tadi, ertaga hayotda munosib o‘rin topishingiz, zamonga mos mutaxassislar bo‘lib yetishishingiz uchun bugun o‘qishingiz kerak. Men ishonaman, sizlar mutlaqo yangi avlod yoshlari bo‘lib ulg‘ayasizlar, ota-onangiz, el-yurtingiz orzusini ro‘yobga chiqarasizlar. Chunki sizlarda bilim bo‘ladi. Bilim esa, ko‘p bor aytganimdek, o‘tda yonmaydi, suvda cho‘kmaydi. Yakkayu yagona najotimiz – ilm, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda maktabgacha ta’lim muassasasi va universitet barpo etish loyihasi taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, maktab yonida 150 o‘rinli bog‘cha, 500 o‘rinli axborot texnologiyalari universiteti qurilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa bog‘cha, maktab va universitet ta’lim klasteriga aylanadi. Ularda bolalar bog‘cha yoshidan chuqurlashtirilgan bilim olib, axborot texnologiyalari bo‘yicha yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishadi.

Davlat rahbari shu yerda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo