icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident san’atkorlar va yoshlar bilan suhbatlashdi

28.09.2021

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvdan so‘ng, Bag‘dod tumani Guliston mahallasida bunyod etilgan Madaniyat markazida san’at namoyandalari bilan suhbatlashdi.

- Iqtisodiyot bilan birga madaniyatni rivojlantirishga ham harakat qilayapmiz. Farg‘ona azaldan san’atkorlar vatani bo‘lib kelgan. Qo‘qon teatri ta’mirlanib, zamonaviy sharoitlar yaratilgani, ulug‘ adib va san’atkorlar xotirasiga bag‘ishlab muzey va maktablar tashkil etilgani xayrli bo‘ldi. Bugun saylovchilar bilan uchrashuvda Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat, Ashurali Zohiriy, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomini abadiylashtirish,  San’atkorlar xiyobonini barpo etish, umuman, viloyatda madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab fikrlar bildirdim. Agar sizlar qo‘llab-quvvatlab, o‘z hissangizni qo‘shsangiz, bu san’at rivojiga, yoshlar tarbiyasiga xizmat qiladi, deb o‘ylayman, – dedi davlatimiz rahbari. 

Qo‘qon teatrida adabiy muhitni yaxshilash, poytaxtdan iste’dodli rejissyorlarni jalb qilib, asarlar saviyasini oshirish muhimligi ta’kidlandi. Farg‘ona dorbozlik va askiyachilik an’analarini davom ettirish uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida alohida bo‘lim tashkil etish taklifi bildirildi.

Prezident shu mahalladagi issiqxonasini ham borib ko‘rdi. Bu yerda “yoshlar daftari”ga kirgan 500 nafar yigit-qiz ish bilan ta’minlangan.

Davlatimiz rahbari ularning dehqonchiligi, daromadi, rejalari bilan qiziqdi.

Yoshlar issiqxonada asosan limonchilik bilan shug‘ullanayotgani, qator oralariga bodring, pomidor, qalampir, sabzavotlar ekib, daromad olayotgani, buning samarasida oilasi “yoshlar daftari”dan chiqqani haqida so‘zlab berdi.

Yosh tadbirkor Zulxumor Mamajonova oilasiga mahalla hududida qurilgan uylardan bepul xonadon ajratilgani, issiqxonadan olayotgan daromadi orqali kelgusida yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatish niyatida ekanini aytib, Prezidentga minnatdorlik bildirdi.

– Yerga munosabat o‘zgaryapti, harakat qilsak, natija bo‘ladi. Bu sizlarga kichik bo‘lsa ham, bir imkoniyat. Hali yana issiqxonalar quriladi, ko‘plab korxonalar tashkil etayapmiz, ularga sizlarga o‘xshagan mehnatkash, bilimli yoshlar kerak. Hech qachon izlanishdan, o‘rganishdan to‘xtamanglar. Yoshlarning bilim olishi uchun Farg‘onada qo‘shimcha imkoniyatlar yaratamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo