Turkiya Prezidentiga hamdardlik
16.08.2021
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, binolar va infratuzilma ob’ektlariga katta ziyon yetgani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari butun Turkiya xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.