O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vazirining muzokaralari boshlandi
15.07.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 15-iyul kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Pokiston davlat madhiyalari yangradi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.