icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident yoshlarga: Bugungi harakatlaringiz bilan o‘z kelajagingizga asos solyapsizlar

30.06.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29-iyundagi farmoniga muvofiq, o‘zining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo‘nalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, tengdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan faol yoshlar orden va medallar bilan mukofotlangan edi. 

Tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Mukofotlanganlar yuksak ishonch va e’tibor, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, o‘qish va intilishda faol davom etishi, yanada katta natijalarga erishib, davlatimiz ishonchini oqlashini ta’kidladilar.

- Bilimli yoshlar - kelajak poydevori. Bugungi harakatlaringiz bilan o‘z kelajagingizga asos solyapsizlar. Men sizlar bilan g‘ururlanaman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari forumga yig‘ilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi. Yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ular bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

- Yoshlarga berayotgan e’tiborimiz natijalar berayotganini ko‘rib, xursand bo‘ldim. Bugun hech bir soha yo‘qki, yoshlar muvaffaqiyatga erishmayotgan bo‘lsa. Yoshlarning yo‘lini ochib bersak, ularga yelkadosh bo‘lsak, yanada ulkan natijalarga erishamiz. Mening eng katta ishongan kuchim, davlatimizning eng katta boyligi - bu yoshlar, - dedi Prezident.

Tadbir katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo