icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Vladimir Putin Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

06.09.2016

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasini yod etish marosimlari davom etmoqda. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 6-sentabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydilar va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Rossiya Federatsiyasi rahbari Samarqand shahridagi Forumlar majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova va qizi Lola Karimova-Tillayevaga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Forumlar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005-yil 14-noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma asosida izchil rivojlanib bormoqda.

O‘zaro hamkorlik keng ko‘lamli va samarali bo‘lib, hukumatlararo va idoralararo aloqalar oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga xalqimizning ardoqli farzandi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tashrif Vladimir Putinning Islom Karimovga, O‘zbekiston xalqiga yuksak hurmatidan dalolat berishini qayd etdi. O‘zbekiston Islom Karimov va Vladimir Putin asos solgan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini davom ettirishi va yanada mustahkamlashini alohida ta’kidladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston uchun, o‘z xalqining farovonligi uchun ulkan ishlar qilgani, eng murakkab paytlarda ham tinchlik va barqarorlikni ta’minlagani, bu mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilganini alohida ta’kidladi. Rossiya davlatlarimizning o‘zaro hamkorligini davom ettirish va rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi.  

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo