
Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyorat qilindi
02.06.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi ish kunini Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.
Yaratgandan yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duolar qilindi. Ziyolilar bilan suhbatda alloma bobolarimizning ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarni bilimli va fazilatli insonlar etib tarbiyalash haqida so‘z yuritildi.