13.05.2021
Ushbu qutlug‘ ayyom kunlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan butun musulmon olami uchun muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabrik va tilaklar izhor etilgan qutlovlar kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar o‘z tabriknomalarida ko‘p millatli xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilab, O‘zbekiston bilan do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqlaganlar.
Xususan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an
Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said
Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Al Xalifa
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun
Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Quvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun
Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar bin Muhammad Hamza Hadjar
Turkiy kengash bosh kotibi Bag‘dod Amreyev
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.