icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Singapur Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

22.04.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 20-yilligi munosabati bilan bir-birlariga tabrik yo‘llaganlar. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  o‘z  qutlovida o‘tgan davrda “uzoq muddatli va serqirra hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda” sezilarli natijalarga erishildi, “o‘zaro siyosiy muloqot, jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlar, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanib bormoqda”, deb mamnuniyat bilan ta’kidlagan. 
 

O‘zbekistonda yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobidan mamlakatimizni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashga hissa qo‘shayotgan Singapur kompaniyalarining  samarali faoliyati alohida e’tirofga loyiq. Bugungi kunda Toshkentda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlamoqda. 
 
Singapur Prezidentining qutlovida bunday deyiladi: “Singapur va O‘zbekiston 20-yildan buyon ham o‘zaro munosabatlarda, ham xalqaro maydonda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Mamlakatlarimiz tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar muntazamlik kasb etgan. O‘zbekistonda Singapur oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Doimiy siyosiy va iqtisodiy muloqotlar Singapur va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari va yaqin hamkorlikning yorqin ifodasidir”. 
 
Prezident Toni Tan Keng Yam qutlovida “Singapur va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlash maqsadida Siz bilan hamkorlik qilish imkoniyatini kutib qolaman”, - deb ta’kidlangan. 
logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo